Абдуллаев Сайдулло Парходбекович

Abdullayev
Saydullo Parxodbekovich

Kuzatuv kengashi raisi
Islom moliyasi va biznesni rivojlantirish assotsiatsiyasi (АИФРБ/IMBRA/IFBDA)

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va moliya sektorini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan tajribali moliyachi, bankir va jamoat arbobi.

Rahbar haqida

Saydullo Parxodbekovich 30 yildan ortiq vaqtini moliya-bank sohasiga bag‘ishlab, O‘zbekistonning yetakchi banklari va tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlab keldi. U bank tizimini rivojlantirish, uning barqarorligi va xalqaro hamkorligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shdi.

Bugungi kunda Islom moliya va biznesni rivojlantirish assotsiatsiyasi Kuzatuv kengashiga rahbarlik qilib, islomiy moliyaviy vositalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda biznes va moliya sektori o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashga ko‘maklashmoqda.

Professional yo'l

1990-yillar
Kasbiy faoliyatini davlat boshqaruvi va iqtisodiy rejalashtirish tizimida boshlagan.
2000-yillar
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida ishlagan, bir qator banklarda rahbarlik lavozimlarini egallagan.
2010-yillar
O‘zbekiston banklari assotsiyani boshqargan, MDH mamlakatlari bank assotsiatsiyasi kengashi a’zosi bo‘lgan.
2016–2022
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST) rektori.
2020 – hozirgi vaqt
Islom moliya va biznesni rivojlantirish assotsiatsiyasi (AIFRB/IMBRA) Kuzatuv kengashi raisi.

«Biz islom moliyasini barqaror iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy ommaboplikni kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning mohim vositalaridan biri deb bilamiz. Vazifamiz — adolat, mas’uliyat va sheriklik tamoyillariga asoslangan samarali va shaffof moliyaviy muhitni shakllantirishga ko‘maklashishdir.»

Abdullayev S.P.
Kuzatuv kengashi raisi