Assotsiatsiya haqida

“ISLOM MOLIYASI VA BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ASSOTSIATSIYASI” O’zbekistonda islom moliyasi va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida birlashgan yuridik shaxslarning ixtiyoriy, notijorat birlashmasidir.

Assotsiatsiya xalqaro standartlar asosida muqobil moliya vositalining moliyaviy ekotizimini shakllantirishga ko’maklashish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga salmoqli hissa qo’shishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Assotsiatsiya o’z faoliyatini bir nechta strategik yo’nalishlarda olib boradi:

Islomiy moliyalashtirish, venchur moliyalashtirish va kraudfanding kabi muqobil moliya vositalarini ommalashtirish va h.k.

01

Assotsiatsiya a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini davlat tartibga solish va nazorat qilish organlarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda ifoda etish.

02

Barqaror rivojlanish (ESG): “Yashil moliya” tamoyillarini targ’ib qilish va ekologik toza loyihalarni qo’llab-quvvatlash.

03

Ta’lim va malaka oshirish: Islom moliyasi sohasidagi mutaxassislar uchun xalqaro standartlar asosida kurslar, seminar va xorijiy amaliyotlar tashkil etish, shuningdek moliyalashtirish vositalarini ommalashtirish.

04

Raqamli transformatsiya: Islomiy moliya xizmatlarini raqamlashtirish, Fintech yechimlarni va zamonaviy to’lov tizimlarini joriy etishga ko’maklashish.

05

IMBRA – bu shunchaki tashkilot emas, bu muqobil moliyalashtirish sub’ektlari, tadbirkorlar va mamlakat moliya bozori regulyatorlari o’rtasidagi ishonchli muloqot platformasidir.

Kelajakka nazar:

Bizning oliy vazifamiz — muqobil va adolatli moliya vositalarini joriy etish orqali jamiyatimiz farovonligi va tadbirkorlikni rivojlantirish darajasini oshirishga salmoqli hissa qo’shishdir.